16:00 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii Soveta glav gosudarstv Sodrujestva Nezavisimыx Gosudarstv (SNG).

Shavkat Mirziyoyev bugun Bokuga tashrif buyuradi

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
293 0 0

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashida ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev bugun Bokuga tashrif buyuradi.

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida ishtirok etish uchun bugun Bokuga boradi, Hukumat portali xabariga asosan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 14-15 oktyabr kunlari Boku shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu sammitda Oʻzbekiston Respublikasining Turkiy kengashga toʻla huquqli aʼzo sifatida Tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisida Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi hamda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Shuningdek sammitda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Oʻzbekiston hamda kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan  masalalarni muhokama qiladilar.

Undan tashqari Oʻzbekiston prezidenti Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazishi ham rejelashtirilgan.

Asosiy mavzular