09:17 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Ministr po integratsii i makroekonomike Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii  Glazyev

Glazyev: YEOII Oʻzbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Siyosat
Havola olish
762 0 0

Avval maʼlum qilinganidek, respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilishi masalasi Oʻzbekiston prezidenti tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining integratsiya va makroiqtisodiyot boʻyicha vaziri Sergey Glazyev Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi masalasiga izoh berdi.

“Hozircha Oʻzbekistonning YEOIIga kirishi yuzasidan muhokamalar olib borilgani yoʻq. Bunday bayonot, maqsad borligidan xabarimiz bor. Ammo hech qanday rasmiy hujjatlar taqdim etilganicha yoʻq. Biz Oʻzbekistondan bu borada konkret tashabbuslarni kutib qolamiz”, - dedi Glazyev Sputnik muxbiri bilan Moskvada oʻtayotgan Yevroosiyo sanoat kongressi davomida boʻlgan qisqacha suhbati chogʻida.

Eslatib oʻtamiz, RF Federal Kengash spikeri Valentina Matviyenko Oʻzbekistonga tashrifi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga respublikaning qoʻshilishi masalasini koʻrib chiqayotganligini aytib oʻtgan edi. Rossiya senati raisi respublikaning YEOIIga aʼzo boʻlishi jarayoni toʻxtatilmay, jadal amalga oshirilishiga umid bildirgandi.

Oliy Majlis senat raisi oʻrinbosari Sodiq Safoyev bir oz vaqtdan soʻng, Matviyenkoning bayonoti ortiqcha rezonansga ega emasligi, bu masala soʻnggi uch yilda muhokama qilinayotganligi va lekin qaror qabul qilishda puxta tahlil talab etilishini qayd etgandi. Ayni vaqtda u Oʻzbekistonga ham va uning prezidentiga ham hech qanday bosim oʻtkazilmayotganligini, hamda bu jarayonni tezlashtirish toʻgʻrisida soʻz bormayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Soʻnggi yillarda YEOII ulkan rivojlanish istiqbollariga ega qudratli mintaqaviy birlashmaga aylandi, deydi Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Aleksandr Karavayev. Uning fikricha, integratsiya jarayonidan barcha ishtirokchilar foyda koʻradi.

Ayni paytda Yevroosiyo tuzulmalariga aʼzolikdan tushadigan bonuslarning ham oʻz narxi bor. Xususan, aʼzo-mamlakat oʻz suverenitetining bir qismini milliy davlatchilik doirasidan tashqariga vakillikka topshirishiga toʻgʻri keladi, deb RF Moliya universiteti siyosatshunoslik kafderasi dotsenti Gevorg Mirzayan fikr bildirdi. Uning soʻzlariga qaraganda, jumladan bu masala ham Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga 2020 yil fevraldagi tashrifi davomida muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular