01:41 14 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashda 4ta tashabuus bilan chiqdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
369 0 0

Turkiy kengash sammitida Oʻzbekiston prezidenti aʼzo davlatlar orasida tadbirkorlikni, transport kommunikatsiyalarini, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga doir 4ta tashabbusi bilan chiqdi.

TOSHKENT, 16 okt - Sputnik. Kecha Bokuda boʻlib oʻtgan Turkiy tilli davlatlar kengashida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi. 

Oʻz nutqida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlishi, hech shubhasiz, tabiiy va tarixiy jarayonlar ifodasi ekanini taʼkidladi.

Shuningdek, prezident  Turkiy kengash aʼzolari orasida turli sohalarda aloqalarni rivojlantirish maqsadida quyidagi 4ta tashabbuslarni taklif qildi:

Birinchidan, Turkiy kengashga aʼzo davlatlar tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri va ishonchli aloqalarni oʻrnatish uchun eng qulay sharoitlar yaratishni ustuvor vazifa. Shu borada qoʻshma texnoparklar, startap innovatsiya kompaniyalari va venchur jamgʻarmalari tashkil etish, qoʻshma investitsiya fondi va turkiy davlatlar savdo uylarini birgalikda barpo etish.

Ikkinchidan, Kengashga aʼzo mamlakatlar aholisining 40 foizidan ortigʻi yoshlar ekanidan kelib chiqib, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida Turkiy Kengash doirasida Yosh tadbirkorlar forumini taʼsis qilish va uning birinchi yigʻilishini kelgusi yil Toshkentda oʻtkazish.

Uchinchidan, yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish orqali Yevropa, Xitoy va Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish, “Boku-Tbilisi-Kars” yangi temir yoʻlining salohiyatidan unumli foydalanish zarur.

Toʻrtinchidan, madaniy-gumanitar sohalar muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, Kengashga aʼzo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan iborat 100 jildli “Turkiy adabiyot xazinasi” nomli kitoblar turkumini har bir mamlakatning ona tilida nashr etish.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar qabul qilindi. Turkiy kengashga aʼzo davlatlar rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasining toʻla huquqli aʼzo sifatida tashkilotga qoʻshilishi toʻgʻrisida Qoʻshma bayonoti sammitning muhim voqeasi boʻldi.

Oʻzbekiston prezidentining Turkiy kengashdagi nutqining toʻliq matni bilan quyida tanishing.

Asosiy mavzular