"Zamon, ochig‘ini aytaman, tahlikali". Gorbachev Putinga yozgan maktubi haqida gapirdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMixail Gorbachev
Mixail Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gorbachevning so‘zlariga ko‘ra, u dunyo yetakchilariga faqat muayan holatlarda - odatga ko‘ra, qisqa maktub orqali murojaat qiladi

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachev bir muddat oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qildi. Bu haqda "Izvestiya" nashri xabar bermoqda, deb xabar qiladi Sputnik radiosi.

Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl  - Sputnik O‘zbekiston
Putin AQShni ogohlantirdi

Gorbachev nashrga bergan intervyusida, dunyo yetakchilariga faqatgina muayan holatlarda - odatga ko‘ra, qisqa maktub orqali murojaat etishini aytgan.

"Dunyo yetakchilari zimmasida hozir ulkan mas’uliyat yotibdi. Zamon, ochig‘ini aytaman, tahlikali. Va bu juda katta yuk, shu jumladan, insoniy, ruhiy. O‘z tajribamdan bilaman", - degan siyosatchi.

SSSR sobiq prezidenti Putindan tashqari Fransiya yetakchisi Emmanuel Makronga ham murojaat qilgan.

"Ba’zan mening o‘y-fikrlarim yetakchilar so‘zlari va harakatlarida o‘z ifodasini topayotganini sezaman", - deb qayd etgan Gorbachev.
Uning fikricha, zamonaviy dunyoda xalqaro huquqni mensimaslik kuzatilmoqda, xususan, u O‘rta va yaqin masofaga uchuvchi raketalar haqidagi shartnoma (DRSMD)ning barbod bo‘lishini misol keltirdi.

Gorbachev Rossiya va AQShni urush tahdidi chuqurlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi va bu yo‘nalishda Putinning o‘rta masofaga uchuvchi raketalar joylashuviga moratoriy kiritish taklifini ehtimoliy birinchi qadam sifatida baholadi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin raketalar bo‘yicha o‘ta muhim qonunni imzoladi

SSSR va AQSh DRSMDni 1987-yilda imzolagan: tomonlar o‘zlari ega bo‘lgan barcha o‘rta (bir ming - 5,5 ming kilometr) va kichik (500dan ming kilometrgacha) harakat diapazoniga ega bo‘lgan yer ustida joylashtirilgan ballistik va qanotli raketalar majmualarini yo‘q qilish majburiyatini olgan edilar.

2018 yilning oktabrida Donald Tramp go‘yoki Rossiya tomonidan o‘z majburiyatlariga amal qilinmayotgani tufayli AQSh ushbu kelishuvdan chiqishini e’lon qildi, shu bilan birga amerika tomoni dalillarni taqdim etmadi. 2019-yilda Moskva Vashington harakatlariga javoban DRSMDda o‘z ishtirokini to‘xtatdi.

Shartnoma o‘z kuchini avgust oyi boshida yo‘qotdi.

Sputnik radiosi ilgariroq AQSh ochiq osmon haqidagi shartnomadan ham chiqish rejasini ma’lum qilgani haqida xabar bergandi.

Yangiliklar lentasi
0