Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hududi bo‘ylab yetti mingga yaqin ekstremist qidirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanie komissii RATS ShOS v Tashkente
Zasedanie komissii RATS ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT mamlakatlari maxsus xizmatlari o‘rtasida ma’lumot almashish maqsadida xorijiy jangari-terroristlarni qayd etish mexanizmi ishlab chiqildi.

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Ekstremizm va terrorizmda jinoyat sodir etgan yoki unda gumonlanayotganlarning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) doirasida Yagona qidiruv ro‘yxatiga joriy davr holatiga ko‘ra yetti mingga yaqin kishi kiritilgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar qiladi RIA Novosti agentligi. 

Bu haqda ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosov kuni-kecha Sochida bo‘lib o‘tgan tashkilotning a’zo-davlatlari maxsus xizmat rahbarlarining yig‘ilishida e’lon qildi. Spiker o‘z chiqishi davomida, jumladan, ShHT MATT faoliyatining muhim jihatlaridan biri terrorizm va ekstremizga aloqador fuqarolarning qidiruvida hamkorlikda harakat qilish ekanligini eslatib o‘tdi.

“Mazkur vazifani amalga oshirish maqsadida Ijroiya qo‘mitasi tomonidan Yagona qidiruv ro‘yxati ishlab chiqilgan va u doimiy yangilanib boradi. Joriy holatga ko‘ra, unga ushbu toifa kishilarining 6,6 mingdan ziyodi kiritilgan”, - dedi qo‘mita rahbari.

Shu bilan birga, xorijiy jangari-terroristlarni qayd etish maxsus jadvali ishlab chiqilgan bo‘lib, unda hozirda 4,5 mingdan ortiq kishi ro‘yxatda turganligi ma’lum qilindi.

ShHT davlatlari maxsus xizmatlari 2018-yilda 600dan ortiq terrorchilarni qo‘lga oldi

Tashkilot tasarrufida, shuningdek, mintaqada faoliyati ta’qiqlangan 115 dan ortiq terroristik, separatist va ekstremistik tashkilotlar ro‘yxati shakllantirilgan. Unga “Islom davlati”, “Jabhat an-Nusra”, “Sharqiy Turkiston Islomiy harakati”, “Xizb-ut-Taxrir al-Islomiya” kabilar kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-2 noyabr kunlari Toshkent shahrida ShHT a’zo-mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir davomida ShHTning so‘nggi bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi va hukumat rahbarlari yig‘ilishlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, tashkilot doirasida savdo-qitisodiy hamkorlikning meyoriy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari batafsil ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0