06:25 16 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Lyudi golosuyut na referendume

Eng kamharajatli parlament saylovlari Oʻzbekistonda

© AFP / OSMAN KARIMOV
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (10)
244 0 0

Parlament saylovlarini tashkillashtirishda turli davlatlarda bir saylovchiga qancha sarf-harajat qilinadi? Oʻzbekiston Adliya vazirligi huquqiy portali hisob-kitoblari bu borada.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Oliy Majlis deputati saylovlari kampaniyasiga Oʻzbekiston 25 million AQSH dollari sarflaydi. Ovoz berish joriy yil 22 dekabrda boʻlib oʻtadi.

Vazirlik toʻplagan maʼlumotlarga koʻra, mamlakat aholisining sonini hisobga olganda, bu nihoyatda kamtarona koʻrsatkich.

Ochiq maʼlumotlar asosida ishlab chiqilgan reytingda saylovga eng koʻp harajat qilgan davlat Germaniya deb topildi. Bu yerda butun elektoratga 100 mln AQSH dollaridan ziyod mablagʻ sarflanadi. Mamlakat aholisi orasida saylov huquqiga ega  boʻlganlarning sonini (65 millionga yaqin) hisobga olganda, bu miqdorni oqlasa boʻladi, deydi tahlil mualliflari.

Parlament saylovlariga harajatlarning umumiy darajasi boʻyicha, ikkinchi oʻrinni 80,7 mln AQSH doll harajati bilan 30 millionli elektoratga ega Ukraina egallaydi.

Oʻzbekiston Oliy majlis saylovlarini tashkillashtirishga 25 mln AQSH dollarini ajratish taraddudida. Joriy yil 22 dekabrdagi saylovlarda 20,6 million fuqaro oʻz ovozini bera oladi. Taqsimotga koʻra, har bir saylovchiga 1,21 dollardan sarf qilinadi.
Rasxodы stran na provedeniye parlamentskix vыborov
Parlament saylovlariga dunyo boʻylab ayrim davlatlarning sarf-harajatlari

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Oʻzbekistondan soʻng 24,7 mln AQSH dollarlik harajat bilan Qozogʻiston (12 mln saylovchi), 17 mln bilan Qirgʻiziston (4 mln saylovchi) va 8 mln AQSH dollari bilan Tojikiston (4 mln saylovchi) oʻrin egallagan. Reytingga Belarus ham kirib, bu yerda 6,9 millionlik saylovchilarning oʻz irodasini izhor etishlarini taʼminlash uchun 10,7 mln AQSH dollari ajratilishi oʻrganildi.

Natijalarga asoslanib, Oʻzbekistonni saylovlarni tashkil etishda eng kamharajat mamlakat deb nomlash mumkin. Mintaqada saylovchi boshiga eng koʻp harajat Qirgʻizistonga toʻgʻri keladi. Bu yerda bir fuqaroning oʻz huquqini ado etishi 4,25 dollariga teng.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (10)

Asosiy mavzular