08:54 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
349 0 0

Xorijda boʻlib turgan respublika fuqarolari ilgari faqat konsullik roʻyxatidan oʻtgan taqdirida saylovlarda qatnashishi mumkin edi.

TOSHKENT, 22 okt — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga va viloyat, tuman, shahar kengashiga deputatlar saylovlari roppa-rosa ikki oydan soʻng – 22 dekabr kuni boʻlib boʻlib oʻtadi. Xorijda vaqtincha yoki doimiy yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining parlament saylovlarida ovoz berish huquqlarini amalga oshirishlari uchun chet el vakolatxonalari huzurida 53 ta saylov uchastkasi tashkillashtiriladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida xabar qilindi.

Ilgarigi 2014 yil dekabrdagi parlament saylovlari respublikadan tashqarida 44 ta uchastkada oʻtkazilgan edi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, Saylov kodeksining 10-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuzilishi, ularni okrugga biriktirish toʻgʻrisidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etilishi belgilab qoʻyilgan. 

“Ilgarigi saylovlarda ovoz berish huquqidan respublikaning xorijdagi vakolatxonalarida konsullik roʻyxatlaridan oʻtganlargina foydalana olgan. Bu safar roʻyxatda boʻlmaganlar ham ishtirok eta oladi. Ular biz bilan bogʻlansalar kifoya”, - dedi MSK raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov.

Bundan tashqari, fuqarolar TIV rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda xorijdagi saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatini saylovga oʻn besh kun qolgunga qadar berishi mumkin.

"Markaziy saylov komissiyasi eshitadi"

Yigʻilishda, shuningdek, “SAYLOV-2019” mobil ilovasining taqdimoti ham boʻlib oʻtdi. Mazkur mobil ilova saylov komissiyalarining samarali faoliyati uchun qoʻshimcha qulaylik va imkoniyatlar yaratadi. Undan saylovga oid qonun hujjatlari, saylov komissiyalari faollari haqida maʼlumotlar, saylovchilar, komissiya aʼzolari, siyosiy partiyalar va nomzodlar hamda kuzatuvchilar uchun uslubiy tavsiyalar, saylov faollarining bilimini oshirishga doir oʻquv materiallari, kitoblar va maqolalar, saylov mavzusi boʻyicha savol-javoblar oʻrin olgan.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, aholisi 33 milliondan ortiq boʻlgan Oʻzbekistondan hozirgi vaqtda tashqarida boʻlgan fuqarolar soni qariyb 3 million. Ularning 2 millionga yaqini Rossiyada.

Navbatdagi parlament saylovlari respublikada 22 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Davlatning saylov toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq, deputatlikka nomzodlar siyosiy partiya tomonidan ilgari suriladi. Nomzodlarning roʻyxatga olinishi saylovga 35 kun qolganda tugatiladi.

Hozirda Oʻzbekistonda rasman beshta siyosiy partiya roʻyxatga olingan boʻlib, ularning barchasiga saylovlarda qatnashishga ruxsat berildi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Asosiy mavzular