00:16 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
118 0 0

Majlis qatnashchilari SHHTning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining yangi taxrirdagi loyihasini tasdiqlashni rejalashtirmoqdalar.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik. 1-2 noyabr kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi

Bu haqda Oʻzbekiston investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Shanxay hamkorlik tashkilotining tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati uchun masʼul vazirlarlarining 18-yigʻilishida maʼlum qilgan.

Umurzoqovning soʻzlariga koʻra, uchrashuv davomida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari va hukumat rahbarlarining yaqinda boʻlib oʻtgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar ijrosini koʻrib chiqish, ushbu tashkilot doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikning meʼyoriy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilmoqda.

Majlis qatnashchilari SHHTning koʻp tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturining yangi taxrirdagi loyihasini tasdiqlashni rejalashtirmoqdalar.

Asosiy mavzular