06:41 11 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Siyosat
Havola olish
191 0 0

Xabar qilinishicha, Salohuddin Rabboniy prezident maʼmuriyatini hokimiyat monopolizatsiyasida ayblab isteʼfoga chiqdi.

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. Afgʻoniston Islom Respublikasining tashqi siyosiy muassasasining rahbari Salohuddin Rabboniy isteʼfoga chiqdi, xabar qiladi RIA Novosti agentligi.

OAV maʼlumotlariga qaraganda, tashqi ishlar vaziri mamlakat prezidenti Ashraf Gʻani nomiga yoʻllagan xatida u boshqarayotgan muassasaga ikkalamchi rol ajratilib, unga “qandaydir bir nohukumat tashkilot” sifatida qaralayotganidan shikoyat qildi. Prezident maʼmuriyatini hokimiyat monopolizatsiyasida aybladi.

Kolumbiya va Kingston universitetlari bitiruvchisi, 48 yashar Salohuddin Rabboniy 1992-2001 yillarda Afgʻoniston prezidenti boʻlgan Burhonuddin Rabboniyning oʻgʻli boʻlib,  u Afgʻonistonning Turkiyadagi elchisi, Afgʻoniston Oliy tinchlik kengashi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tashqi ishlar vaziri etib 2015 yil 1 fevralda tayinlangan. 

Asosiy mavzular