14:41 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Flag Soyedinennыx Shtatov Ameriki.

Vashington YEOIIga qoʻshilish rejasi uchun Oʻzbekistonga bosim oʻtkazishga urinmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov
Siyosat
Havola olish
1140 0 0

AQSH savdo vaziri Uilbur Ross oʻzbek-amerika biznes-forumida Toshkentga shuni ochiq maʼlum qildiki, respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integrallashuvi jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarishi hamda mamlakatning BSTga qoʻshilishi jarayonini murakkablashtirishi mumkin

TOSHKENT, 23 okt — Sputnik. AQSH savdo vaziri Uilbur Ross Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshib olinishi mamlakatning Butunjahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi jarayonini sezilarli qiyinlashtirishi mumkinligi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda AQSH Savdo vazirligi matbuot xizmati.

Vashingtonda boʻlib oʻtgan oʻzbek-amerika biznes-forumi doirasida, Ross, ikkiyoqlama munosabatlar rivojidagi yutuqlar haqida toʻxtaldi, shuningdek, Toshkentning BSTga aʼzo boʻlish rejasini qoʻllab-quvvatladi.

"Biz bu harakatlarni qatʼiy qoʻllab-quvvatlaymiz va BST ning tashqi savdo tartibi memorandumidagi savollarga Hukumatdan sabrsizlik bilan javob kutib qolamiz. Shu bilan birga oʻzbek sheriklarimizni yangi bitimlarning BST aʼzolikka taʼsirini diqqat bilan koʻrib chiqishga chaqiramiz. Misol uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga hozirning oʻzida aʼzo boʻlish BSTga qoʻshilish jarayonini murakkablashtirishi va keyinga qoldirishi mumkin", - deb qayd etgan Ross.

Ilgariroq, Oliy Majlis Senati rahbarining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, YEOII mavzusi atrofida boʻlayotgan muhokamalarga izoh berar ekan, Oʻzbekiston ochiqlik sari kursni davom ettirayotganini, biroq shoshilinch qarorlar qabul qilmasligini aytgan edi. Hukumat birinchi navbatda mamlakat manfaatlariga qarab ish tutishni koʻzlagan. Ehtimoliy bosimga keladigan boʻlsak, Safoyev oʻshanda bu holat istisnoligini qatʼiy taʼkidlagandi.

"Oʻzbekiston prezidenti - unga bosim oʻtkazish mumkin boʻlgan inson emas, u siquvlar taʼsirida egilmaydi", - degandi senator.

Ayni vaqtda Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo boʻlish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Oktyabr oyi boshida Toshkentda boʻlgan RF Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenkoning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston-Rossiya hukumatlararo guruhi tashkil etilgan boʻlib, u yil yakuniga qadar barcha ustuvor jihatlar va xatarlarni baholab, agar Oʻzbekiston ijobiy qaror qabul qilsa, u uchun eng optimal shart-sharoitlarni ishlab chiqishi koʻzda tutilgan.

"Albatta, Oʻzbekistonning YEOII integrallashuvi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlar edi. Shu jumladan, Markaziy Osiyo maydonida ham. Lekin biz shuni yaxshi tushunamizki, bu oddiy qaror emas, va u aniq hisob-kitoblarni talab etadi. Shavkat Mirziyoyev faqatgina tajribali davlat arbobigina emas, u shuningdek, ajoyib iqtisodchi, u integrallashuvning barcha foyda va murakkabliklarini koʻra biladi. Har qanday sharoitda ham tanlov respublikaning oʻziga havola, va bunday konstruktiv yondashuvni biz qoʻllab-quvvatlaymiz", - deya qayd etgandi muzokaralar yakuni boʻyicha Valentina Matviyenko.

YEOII bugun oltita davlat kiradi: Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Rossiya. Tojikiston ham tashkilotga aʼzo boʻlishi ehtimolini istisno etmayapti.

Asosiy mavzular