08:30 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
27310

Shavkat Mirziyoyev soʻzlariga qaraganda, Orolni butunligicha qayta tiklash imkoni yoʻq, shuning uchun Orol inqirozining atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish muhim vazifa boʻlib qolmoqda.

TOSHKENT, 25 okt - Sputnik, Mariya Naumenko. Orol boʻyi mintaqasida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi tashkil etiladi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Shavkat Mirziyoyev nutqiga asoslanib xabar qiladi. 

Oʻzbekiston prezidenti “Orol boʻyi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” xalqaro konferentsiyasi ishtirokchilariga yoʻllagan murojaatida, shuningdek, tabiiy ofatning salbiy natijalarini kamaytirish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida ham toʻxtab oʻtilgan. Murojaatnomani Bosh vazir birinchi oʻrinbosari Achilboy Ramatov oʻqib eshittirdi.

Bugun “yashil” iqtisodiyotga har kimdan ham koʻproq Oʻzbekiston muhtoj

“Orol – eng yirik global ekologik ofatlardan biri. Uning oqibatlari bugungi barqaror taraqqiyotga taʼsir oʻtkazishda davom etmoqda. Orolning qurigan tubida bir millionga yaqin gektar muhofazalovchi daraxtlar ekilgan: saksovuldan tortib boshqa tuzga chidamli oʻsimliklargacha. Orol dengizining qurishi oqibatlarini oldini olish uchun xalqaro kuch va resurslarning birlashuvi talab qilinadi”, - dedi Mirziyoyev.

Prezident soʻzlariga koʻra, Orol dengizini toʻliq ravishda qayta tiklashning imkoni yoʻq, shuning uchun ham Orol inqirozining atrof-muhitga va mintaqadagi millionlab kishining turmush tarziga salbiy taʼsirini kamaytirish muhim vazifa boʻlib qolmoqda.

“Biz Orol boʻyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirishni taklif qilamiz. Eʼtiboringizga maxsus ishlab chiqilgan kontseptsiya loyihalari taqdim etiladi. Ular mintaqaning “yashil” iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlanishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan”, - deyiladi respublika rahbari nutqida.

Tadbirda qariyb 40 ta mamlakatdan 300 dan ortiq kishi ishtirok etmoqda. Konferentsiya davomida mehmonlar toza texnologiyalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalari, qurgʻoqchilik, ekologik migratsiyani oldini olish usullari, Orol boʻyi mintaqasida ekologik turizmni taraqqiy toptirish kabilarni muhokama qilishi koʻzda tutilgan.

Orol dengizining qurigan joyida oʻrmon qad roslamoqda

Ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilishning sharoitlarini shakllantirish uchun zarur choralarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Orol inqirozining atrof-muhitga va mintaqa aholisiga halokatli taʼsirini qisqartirish hozirgi zamonning muhim vazifalaridan deb belgilandi.

Oʻzbekiston rahbari tomonidan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish va yirik ijtimoiy infratuzilma loyihalarini joriy etish orqali Orol boʻyini umidlar va imkoniyatlar mintaqasiga aylantirishdek tashabbusning amalda tatbiq etilishiga ushbu konferentsiya asos soladi.

Asosiy mavzular