08:20 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
30201

Oʻzbekiston 2020 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida raislik qiladi. MDH bosh vazirlari 29 may kuni Toshkentda navbatdagi sammitda uchrashishi maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 25 okt – Sputnik. MDH hukumat rahbarlari 2020 yil 29 may kuni Toshkentda navbatdagi sammitda yigʻilishi belgilab olindi. Bu haqda Hamdoʻstlik hukumat rahbarlarining Moskvadagi majlisi yakunlaridan soʻng Belarus bosh vaziri Sergey Rumas eʼlon qildi.

“Qisqa formatdagi yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi taklifi bilan Hamdoʻstlik hukumat boshliqlarining navbatdagi sammitini Toshkentda 2020 yil 29 may kuni oʻtkazishga kelishib olindi”, - xabar qiladi RIA Novosti.

Oʻzbekiston tashkilotdagi raislikni 2020 yildan eʼtiboran Turkmanistondan qabul qiladi. Shavkat Mirziyoyev Ashhobodda boʻlib oʻtgan sammitda soʻzga chiqar ekan, Oʻzbekiston oʻz raisligi davrida rejadagi tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazish uchun barcha imkoniyatlarni qoʻllashini maʼlum qilgandi. Yil davomida, umumiy hisobda, 60 ga yaqin turli yigʻilish, forum va ishchi uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Respublika poytaxti, shuningdek, bosh forum – Hamdoʻstlik davlat rahbarlarining sammitiga ham mezbonlik qiladi. Tadbir Toshkentda 2020 yil 16 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular