07:15 31 Mart 2020
Efir
  • RUB119.99
  • EUR10220.05
  • USD9532.74
Siyosat
Havola olish
140 0 0

Dushanbe shahrida Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha ikki davlat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. Dushanbe shahrida Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning normativ-huquqiy va texnik hujjatlari loyihalari hamda 2020 yildagi uchrashuvlarning reja-jadvali kelishib olindi.

Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni tasdiqlash uchun Qoʻshma demarkatsiya komissiyasiga kiritish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boʻyicha davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va Tojikiston Yer boshqaruvi va geodeziya davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari uchrashuv bayonnomasini imzoladilar.

Xabarda kelishuvga koʻra Qoʻshma demarkatsiya komissiyasining birinchi yigʻilishi Oʻzbekistonda oʻtkazilishi qoʻshimcha qilingan.

Asosiy mavzular