03:51 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Siyosat
Havola olish
1151 0 0

SSSR sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov oʻzining yangi kitobini yozib tugatdi. Unda siyosatchi Gʻarbning eng katta nima ekanligiga toʻxtalib oʻtib, oʻz fikrlarini bayon etgan.

TOSHKENT, 28 okt - Sputnik. SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov NATOni kengaytirish qarorini Gʻarbning eng katta strategik xatosi deb bilishini maʼlum qildi.

“Men hech qachon oʻz fikrimni yashirmaganman: NATOni kengaytirish qarori Gʻarbning eng katta strategik xatosi, Yevropada va undan tashqarida harbiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish sari qoʻyilgan qadam edi”, - deya yozgan u oʻzining “Chto postavleno na kartu: buduщeye globalnogo mira” (badiiy tarjimasi – “Xavf ostida: dunyo kelajagi”) kitobida. Kitob mazmuni bilan tanishib chiqqan RIA Novosti undan parcha keltirgan.

Sisyosatchi, shuningdek, sovuq urushning yakunlanish arafasida bu masala qanday hal qilinganini taʼriflagan. Oʻshanda NATOda ham, Varshava shartnomasida ham harbiy doktrinalarni qayta koʻrib chiqish jarayonlari boʻlib oʻtgan, alyans aʼzolari imzolagan qurolli kuchlarni qisqartirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan.

Uning soʻzlariga koʻra, Sovet rahbariyati oʻsha payt qoʻlidan kelgan barcha ishni qilgan. Gorbachyov taʼkidiga koʻra, Varshava shartnomasi tashkiloti sharoitida Sharqiy Yevropada NATOni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi qandaydir “qonuniy majburiy shartnoma”ni taklif qilish bemaʼnilik boʻlgan boʻlar edi va ularni Varshava shartnomasini oʻz qoʻllari bilan buzganlikda ayblashlari mumkin edi.

NATOni kengaytirish qarori tomonlar oʻrtasidagi ishonchga putur yetkazdi va “Rossiya bundan oʻziga xulosa chiqardi”, deya xulosa qilgan Gorbachyov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqi va Gʻarb davlatlari oʻrtasidagi sovuq urushning tugashi umumiy gʻalaba boʻlgan deb hisoblashi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular