RF Xavfsizlik kengashi kotibi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishNikolay Patrushev
Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nikolay Patrushev oktabr oyi oxirida O‘zbekiston va Tojikistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. U xavfsizlik kengashi apparatlari liniyalari bo‘yicha maslahatlarda ishtirok etishi kutilmoqda

TOShKENT, 30 okt - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev O‘zbekiston va Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xorijiy maxsus xizmatlar katta kiberhujum tayyorlamoqda – Patrushev

"Nikolay Patrushev 30-oktabr kuni Dushanbeda va 31-oktabr Toshkentda xavfsizlik kengashi apparatlari liniyalari bo‘yicha Rossiya-Tojikiston va Rossiya-O‘zbekiston maslahatlashuvlarni o‘tkazadi", - deyiladi xabarda.

Patrushev safarining bosh maqsadi xavfsizlik kengashlari liniyasi bo‘yicha qator maslahatlashuvlarni o‘tkazishdan iborat.

Ta’kidlanishicha, RF Xavfsizlik kengashi kotibi hamkasblari bilan Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qiladi. Oxirgi marta bu kabi uchrashuv Bishkekda ShHT sammitida bo‘lib o‘tgan. RF va O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotiblari ikki mamlakat apparatlari o‘rtasidagi 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini tasdiqlagan edilar. Tomonlar shuningdek, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari, xususan, xalqaro va regional maydonlardagi hamkorlikni muhokama qilishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0