09:40 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

TIVda Oʻzbekiston – Britaniya hamkorlik shartnomasi imzolandi

© MID
Siyosat
Havola olish
86 0 0

Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqqanidan soʻng Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish imkoni beradigan shartnoma imzolandi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Kecha 31 oktyabr kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi oʻrtasida Sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi, TIV xabariga asosan.

Shartnomani Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Buyuk Britaniyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot imzolashdi.  Bitim huquqiy asosni saqlash va tomonlar oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi, energetika, ilmiy-texnikaviy, moliyaviy va boshqa sohalardagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu xalqaro hujjat Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishidan soʻng Oʻzbekiston - Britaniya hamkorligining shartnomaviy munosabatlari davomiyligini taʼminlashga va barcha sohalarda har tomonlama amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga imkon yaratadi.

Asosiy mavzular