09:24 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev
Siyosat
Havola olish
339 0 0

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev SHHTga aʼzo-davlat hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi.

TOSHKENT, 1 noya – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev Toshkentga keldi.

Aeroportda uni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

© Sputnik / Aleksandr Astafyev
Predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev i premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov (sprava) vo vremya vstrechi v aeroportu Tashkenta.

Medvedev SHHTga aʼzo davdat hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida ishtirok etish uchun keldi.

Medvedev SHHT aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisida nutq soʻzlaydi, shuningdek bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi. Transport, energetika, qishloq xoʻjaligi, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik masalalariga eʼtibor beriladi.

SHHT 2001 yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kirgan. 2017 yilda SHHTga Hindiston va Pokiston aʼzo boʻldi. Tashkilotning kotibiyati Pekinda tashkil etilgan. Toshkentda mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy mavzular