08:49 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

SHHT davlatlari shaharlarning ekologik farovonligi dasturini imzolashdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev
Siyosat
Havola olish
250 0 0

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Rossiyaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan shaharlarning ekologik farovonligini oshirish dasturini imzolashdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Rossiyaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan shaharlarning ekologik farovonligini oshirish dasturini imzolashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari boʻyicha "SHHT shaharlarining ekologik farovonligini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi, unda hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, ushbu sohadagi ish tamoyillari belgilandi.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari ushbu sohadagi ishlarning asosiy yoʻnalishlari va tamoyillarini belgilab beruvchi "Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi savdo-sotiq sohasida hamkorlik toʻgʻrisida" qarorni imzoladilar.

Shuningdek, SHHT iqtisodiy tahlil markazlari konsortsium reglamenti tasdiqlandi. Ushbu hujjat bunday markazlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi. Taʼkidlanishicha, tashkilotning har bir mamlakatida bunday hamkorlik uchun bitta markaz belgilanadi.

Asosiy mavzular