08:59 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Tanzila Narbayeva

Tanzila Narbayeva Qozogʻiston Senati raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashadi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
143 0 0

Tanzila Narbayeva 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi. Tashrif doirasida Qozogʻiston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar oʻtkazilishi nazarda tutilgan.

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Qozogʻiston parlamenti Senati raisining taklifiga binoan joriy yil 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozogʻistonda boʻladi, deb xabar qilgan Senat matbuot xizmati.

Tashrif doirasida Qozogʻiston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar oʻtkazilishi nazarda tutilgan.

Uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarning amaliy jihatlari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni oʻz vaqtida va toʻliq tatbiq etish ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatining axborot-tahliliy taʼminoti, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular