08:21 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Zolotonosnыy rudnik Kumtor v Kirgizii

Tojikiston Oʻzbekistonga oltin qazib olinadigan hududni berishga tayyormi?

© Sputnik / Vladimir Pirogov
Siyosat
Havola olish
76820

Shu kunlarda oʻzbek-tojik davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi ishlab chiqilib, ayni vaqtda Tojikistonning bir necha yuz gektarlik hududi Oʻzbekistonga berilishi yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish toʻgʻrisidagi shartnoma loyihasi barcha kelishuv bosqichlaridan oʻtkazildi va imzolanish uchun tayyor. Bu haqda “Aziya-Plyus” agentligi Tojikiston hukumatidagi manbalarga asoslangan holda xabar qilmoqda.

“Bugungi kunda kelishilgan shartnoma loyihasi imzolanishga tayyor boʻlib, shartnomaga ikki davlat chegaralarining oʻtish liniyasining aniq nomlari koʻrsatilgan xaritalar ilova qilinmoqda. Chegaraoldi ustunlarini oʻrnatish joylari ham kelishib olindi”, - deya maʼlumot bergan manba.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistondagi parlament saylovlari tufayli, shartnoma imzolanishi kechroq muddatga qoldirildi.

Bundan avval, “Faraj” tojik axborot nashri tarqatgan xabarga muvofiq, chegara toʻgʻrisidagi shartnoma asosida Tojikiston Oʻzbekistonga Soʻgʻd viloyati Mastchoh tumanida joylashgan 300 gektar yer hududini berishi kutilmoqda. “Maydonda soʻnggi 10 kun ichida hududni poʻlat simlar bilan yopish ishlari olib borilyapti”, qoʻshimcha qilinadi xabarda. Shuningdek, mazkur hududda «Aprelevka» Tojikiston-Kanada qoʻshma korxonasi tomonidan oʻzlashtirilgan oltin koni mavjudligi ham aytib oʻtilgan.

Soʻgʻd tumani yer ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Jamshed Umarzodaning bergan maʼlumotiga koʻra, “Oʻzbekistonga yer hududining berilishi hali-hanuz koʻrib chiqilmoqda”.

Eslatib oʻtamiz, joriy yil 28 oktyabr kuni Dushanbeda Tojikiston va Oʻzbekiston delegatsiyalari davlat chegaralarini demarkatsiya qilish yuzasidan muzokara oʻtkazgan edi.

Asosiy mavzular