09:02 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Tanzila Narbayeva vstretilas s prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasыm-Jomartom Tokayevыm.

Tanzila Norboyeva Qozogʻiston prezidenti bilan uchrashdi

Press-slujba Senata Oliy Majlisa RUz
Siyosat
Havola olish
192 0 0

Qasim-Jomart Tokayev Tanzila Norboyevaning tashrifi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishi va davlatlararo munosabatlarga qoʻshimcha turtki berishi tufayli katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan.

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi.

Senat matbuot xizmati xabariga koʻra, Qozogʻiston rahbari Tanzila Norboyevaning tashrifi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishi va davlatlararo munosabatlarga qoʻshimcha turtki berishi tufayli katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan.

“Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlibgina qolmay, balki qator masalalarda bir-birini toʻldirib turadi. Shuning uchun muvaffaqiyat qozonishimiz muqarrar. Boz ustiga, biz hamkasbim Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan har jabhada hamkorlikni rivojlantirish uchun faol harakat qilishga kelishib olganmiz”, – dedi Qasim-Jomart Tokayev. 

Qozogʻiston prezidenti 2018 yilda savdo hajmi 2,5 mlrd. dollarga yetganligiga va shu yilning 9 oyi davomida oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan oshib ketganligiga urgʻu berdi.

Oʻz navbatida, Tanzila Norboyeva iliq kutib olganliklari uchun minnatdorlik bildirdi va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik soʻzini yetkazdi. Senat rahbari Qasim-Jomart Tokayevning davlat rahbari lavozimiga saylanishi uning avvalgi lavozimda tajribali diplomat, obroʻ-eʼtiborli rahbar va, eng asosiysi, Qozogʻistonda davlatchilikni mustahkamlash, xavfsizlikni taʼminlash va iqtisodiyotni rivojlantirish yoʻlida kuchli siyosat olib borgan birinchi prezident Nursulton Nazarboyev gʻoyalarini davom ettiruvchisi shaxs sifatidagi faoliyatining eʼtirofi ekanligini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar yuksak darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini va keng koʻlamli ikki tomonlama hamkorlikning boshqa masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Qozogʻistonda rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Tanzila Norboyeva Qozogʻiston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular