22:46 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96

Putin "ibtidoiy rusofoblarning" rus tilini yoʻq qilishga urinishi haqida gapirdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko
Siyosat
Havola olish
471 0 0

Rossiya yetakchisi u yoki bu davlatning taʼsiri bugun qurol bilan emas, iqtisod bilan oʻlchanishini qoʻshimcha qildi. Putinning soʻzlariga koʻra, iqtisod "nafas olsa", mamlakat - rivojlansagina "madaniyat sohasidagi yutuqlar ham boshqacha jilolana boshlaydi".

TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Rossiya rus tili maydonini sunʼiy ravishda, oʻta qoʻrslik va surbetlik bilan qisqartirishga urinish holatlariga toʻqnash kelmoqda, deb bayonot qildi Vladimir Putin.

Davlat rahbarining aytishicha, rus tiliga nisbatan urush nafaqat "ibtidoiy rusofoblar", balki agressiv millatchilar tomonidan ham eʼlon qilinmoqda, baʼzi bir davlatlarda esa rus tiliga qarshi urush hatto davlat siyosatiga aylangan.

"Buning ortida — bu aniq va ravshan boʻlishi kerak — yana oʻsha bosim turibdi, bu inson huquqlarining toʻgʻridan-toʻgʻri buzilishi, shu jumladan, ona tiliga, madaniyatga va tarixiy xotiraga boʻlgan huquqlarning poymol etilishidir", - dedi Putin.

Shu bilan birga, prezident, rus tilini kuchli qurol deb atamaslikka daʼvat qildi.

"Chunki agar uni qurol deb olsak, u holda til bilan xuddi qurolga qarshi turgandek kurasha boshlaydilar. Tilga qarshi shundoq ham kurash olib borilmoqda, faqat boshqa maqsadlarda", — dedi u rus tili boʻyicha kengashi yigʻilishida.

Rossiya yetakchisi u yoki bu davlatning taʼsiri bugun qurol bilan emas, iqtisod bilan oʻlchanishini qoʻshimcha qildi. Putinning soʻzlariga koʻra, tilga boʻlgan eʼtibor Rossiyaning jahondagi taʼsiriga bevosita aloqador: iqtisod "nafas olishni", mamlakat esa - rivojlanishni boshlasa, "madaniyat sohasidagi yutuqlar ham boshqacha jilolana boshlaydi".

"Bu boʻlmas ekan - ming urining, (tilga qiziqish ham) boʻlmaydi. Agar bizda yana ikki-uch Tolstoy va toʻrt nafar Pushkin paydo boʻlsa ham. Shunchaki, tarjima qilishlari mumkin, xolos. Bu yuz foiz... Agar davlat qudratli, kuchli, jozibador boʻlsa - rus tilini oʻrganishadi", - deb taʼkidladi u.

Prezident shuningdek, Rossiya iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirayotgan barcha davlatlarda rus tiliga eʼtibor kuchayganini payqash mumkinligini qayd etdi.

Bundan tashqari, "instrument"ning oʻzi - til - "lozim holatda" boʻlishi kerakligi, buning uchun lingvistikaga oid huquqiy normalarni takomillashtirish zarurligi, lekin ular inqilobiy boʻlishi kerak emasligi, punktuatsiya va orfografiyani beoʻxshov soddalashtirib yubormasligi kerakligi taʼkidlandi.

Putin Rossiya zimmasida rus tili va adabiyotini saqlash, rivojlantirish va ommalashtirish singari "ulkan masʼuliyat" yotganini qayd etdi.

Asosiy mavzular