08:05 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Podpis dokumentov

Mirziyoyev Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni bekor qildi

© Pixabay
Siyosat
Havola olish
21110

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.

TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi.

Oʻzgartishlarga muvofiq chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda vaqtincha boʻlish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik bekor qilinadi.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 224-moddasi chiqarib tashlansin”, - deyiladi hujjat matnida.

Bu modda Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutar edi.

Ushbu oʻzgartishlar bilan mazkur maʼmuriy qoidabuzarlikni sodir etganlik uchun jarima miqdori ham kamaytirilgan – eng kam ish haqining besh baravaridan 20 baravarigacha.

Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzgan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs belgilangan jarimani toʻlamasa, uning Oʻzbekistonga kirish huquqi bir yil muddatga cheklanadi va u mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.

Ushbu qoidabuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa,  chet el fuqarosining Oʻzbekistonga kirish huquqi uch yil muddatga cheklanadi va u mamlakat hududidan chiqarib yuboriladi.

Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eslatib oʻtamiz, hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 30 sentyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 11 oktyabrda maʼqullangan. Maʼlum qilinishicha, mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni toʻla-toʻkis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

Asosiy mavzular