ShHT MATT yakunlari: mintaqadagi yangi tahdid va xatarlar aniqlab olindi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov ShOS v Tashkente
Zasedanie Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjumanda xalqaro terrorchilar geolokatsiya va yo‘ldoshli aloqa vositalarini xarid qilish, sun’iy intellekt texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya yutuqlaridan foydalanish kabilarni o‘zlashtirayotgani qayd etildi.

TOShKENT, 8 noyab - Sputnik. Toshkentda 6-7 noyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining (ShHT MATT) “Terrorizmga qarshi kurash – chegara bilmas hamkorlik” mavzusidagi yettinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishi davomida xalqaro terrorchilik tashkilotlarining qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning yangi turlarini, geolokatsiya va yo‘ldoshli aloqa vositalarini xarid qilish, terroristik faoliyatni amalga oshirish uchun uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar, sun’iy intellekt texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya yutuqlaridan foydalanish borasidagi urinishlariga e’tibor qaratildi.

Direktor Ispolkoma RATS ShOS Djumaxon Giyosov - Sputnik O‘zbekiston
G‘iyosov: ShHT chegaralarida yangi terrorchilik bazalari vujudga kelmoqda

“Islom davlati” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarmoqlarga yoyilib harakatlanish tamoyiliga o‘tgani, buning oqibatida dunyoning bir qator hududlarida, birinchi navbatda, Yaqin Sharq va Afg‘onistonda xavfsizlik sohasidagi vaziyatning keskinlashuvi bilan bog‘liq yangi tahdid va xatarlar yuzaga kelayotgani qayd etildi.

Afg‘oniston hududida o‘rnashib olgan xalqaro terrorchilik tashkilotlari vakillari ShHTga a’zo davlatlar chegaralariga tobora yaqinlashayotgani, shuningdek, o‘zlari kelib chiqqan mamlakatga qaytib, “uxlab yotgan” xatarli nuqtalarni qayta jonlantirayotgani tashvish uyg‘otmoqda, deyiladi anjuman yakunlari asosida tarqatilgan bayonotda.

Tadbirda bu kabi xatarlarni bartaraf etish maqsadida jangarilar oila a’zolarini kelib chiqqan davlatiga qaytarish va reabilitatsiya qilishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, konferensiya majlislarida terrorizmni moliyalashtirish manbalarini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha xatti-harakatlarni har tomonlama muvofiqlashtirish zarurligi qayd etildi. Xalqaro terrorchilarning transmilliy uyushgan jinoyatchilar bilan hamkorlikni kengaytirish hisobidan daromad olgani, moliyaviy mablag‘larni to‘plash uchun "Western Union", "American Express", "PayPal", "Yandeks.Dengi", "VisaTransfer" kabi elektron to‘lov tizimlaridan, shuningdek, kraudfanding onlayn platformasi va "Xavala" norasmiy hisob-kitob tizimidan foydalanganiga e’tibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0