00:02 23 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Oʻzbekiston saylov uchastkalari RFda

Rossiyada turib Oʻzbekiston deputatlarini saylash imkoniyatlari muhokama qilindi

© Dunyo AA
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (17)
217 0 0

Joriy yil 22 dekabrdagi parlamentga boʻladigan saylovda Rossiyadagi oʻzbekistonliklarning qatnashishlari uchun RFning turli mintaqalarida saylov uchastkalari tashkillashtiriladi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Xalqaro matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Dispetcher v call-tsentre
Sputnik / Aleksey Filippov
Tadbirda, jumladan Rossiya Federatsiyasida ochilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov RFda tuzilgan saylov uchastkalari faoliyatini tashkil etish va Rossiyadagi oʻzbekistonliklarning saylovda ovoz berish huquqini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berdi.

“Rossiyadagi saylov uchastkalari soni 2016 yilgi saylovdagiga nisbatan 5 taga koʻpaygan va bugungi kunda 7 tani tashkil etmoqda”, - dedi diplomatik missiya rahbari.

Ushbu uchastkalar Moskva, Sankt Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk, Rostov-Don va Qozon shaharlarida joylashgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (17)

Asosiy mavzular