22:48 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
videokonferentsiya v TSIK RU

Parlament saylovlarida xorijiy kuzatuvchilarning qatnashishiga doir

© Markaziy saylov komissiyasi
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (17)
13501

Xalqaro kuzatuvchilarning maqomi va vakolatlari, odob-ahloq qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida okrug saylov komissiyasi aʼzolari ishtirokida kuzatuvchilarning saylov jarayonida tutgan oʻrni yuzasidan seminar-trening tashkil etildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi xabar qiladi.

Videaloqa shaklida boʻlib oʻtgan mashgʻulot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi vakili xalqaro ekspert Georgiy Baratashvili ishtirokida olib borildi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasini eʼlon qilishi bilan xalqaro tashkilotlarga, bir qator xorijiy mamlakatlarga saylovni kuzatishda ishtirok etish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuborgan. Ularning qatorida YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, YEXHT parlament assambleyasi, Mustaqqil davlatlar hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi va Parlamentlararo assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi,  shuningdek 26 ta xorijiy mamlakatlar saylov organlari, chet davlatlar parlamenti aʼzolari, ilmiy-tadqiqiqot institutlari vakillari kabilar qayd etilgan.

Qatnashchilarga Oʻzbekiston Saylov kodeksining 33-moddasiga muvofiq, saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda xorijiy kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega ekanligi eslatib oʻtildi.

Taʼkidlash joiz, Markaziy saylov komissiyasining yangi qarori bilan “Oʻzbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar toʻgʻrisida” Nizom qabul qilinib, respublika saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar faoliyati tartibi belgilab berilgan.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartibga koʻra, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar tegishli hujjatlarni ovoz berish kunidan kamida 15 kun oldin TIVga taqdim etishi lozim boʻlib, vazirlik kuzatuvchilarning hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK oʻz navbatida 5 kunlik muddatda xalqaro kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (17)

Asosiy mavzular