14:52 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
328 0 0

Samarqandda 10-11 noyabr kunlari “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferentsiyasi boʻlib oʻtmoqda. Rossiya-Oʻzbekiston ikki tomonlama sessiya va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi sessiyalar rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. “Valday” xalqaro munozara klubi dasturiy direktori Timofey Bordachyov uning fikriga koʻra, Samarqandda boʻlib oʻtayotgan “Valday” klubining X Osiyo anjumani ahamiyati nimadan iboratligi hamda Yevroosiyo va Markaziy Osiyo qarshisida qanday global tartibsizlik turganligi haqida soʻzlab berdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

"Ushbu uchrashuvning Rossiya va Oʻzbekiston uchun ahamiyatliligi, birinchi navbatda, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi mavjud boʻlgan ulkan tarixiy aloqalar bilan izohlanadi. Rossiyada koʻplab Oʻzbekiston fuqarolari ishlaydi. Savdo-sotiq hajmi tobora oʻsib bormoqda. Shuning uchun biz xavfsizlik va rivojlanish masalalarnini bir biridan ayro ravishda koʻrib chiqa olmaymiz. Konferentsiyamiz faqat ikki tomonlama munosabatlarga bagʻishlanib qolmaydi”, - deya taʼkidladi Timofey Bordachyov

U Markaziy Osiyo Yevrosiyo makonining umumiy jarayonlaridan ajralgan holda qaralmasligini taʼkidladi.

“Asosiy chaqiriqlar (Yevroosiyo va MO qarshisida turgan), birinchi navbatda, xalqaro vaziyat, savdo urushi, sanktsiyalar kengayishi amaliyoti va umuman ayrim mamlakatlarning xudbinona xatti-harakatlari bilan bogʻliq. Oxir oqibat biz oʻrgangan va u tufayli Osiyo mamlakatlari rivojlangan oʻsha global iqtisodiyotning vayron etilishi. Hozirda ushbu global iqtisodiyotga, afsuski, putur yetmoqda. Biz bu asosiy chaqiriqqa qanday javob qaytarish, qanday qilib umumiy institut, huquqiy normalar yaratish haqida oʻylashimiz lozim. Yaʼni – biz qanday qilib Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan yaxshi munosabatlarimizni yanada mustahkamlaymiz”, - dedi Valday” xalqaro munozara klubi dasturiy direktori.

Shu bilan birga u Markaziy Osiyo va Osiyodagi biror mamlakat Gʻarbdan farqli oʻlaroq oʻz siyosatini Rossiyaga qarshi asosga qurmaganini taʼkidladi.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular