00:28 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)
85310

Rossiya Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti Markaziy Osiyo va Kavkazni oʻrganish markazining tahliliy guruh rahbari Stanislav Pritchin Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi bilan qanday imkoniyatlarga erishishi xususida mulohazalarini bildirdi.

TOSHKENT, 11 noya - Sputnik. Oʻzbekiston oʻz iqtisodiyotini taraqqiy ettirish yoʻlida ulkan intilishlarga ega, dedi Valday klubining Samarqanddagi konferentsiyasi ishtirkochisi Stanislav Pritchin.

“Oʻzbekistonning mintaqadagi ikki asosiy iqtisodiy sherigi boʻlgan Rossiya ham Qozogʻiston ham YEOIIga aʼzo va bu shunday yoʻnalish-ki, mintaqaviy hamkorlikdagi pazlning (jumboq) yetishmagan qismidir. Mintaqaviy tuzilmaga aʼzo boʻlgach, Oʻzbekistonning oʻz manfaatlarini ilgari surishda, oʻz eksporterlari manfaatlarini himoya qilish yoʻlida kuchli vositalari paydo boʻladi. Zero, endilikda ularning YEOII doirasida umumiy makonga oʻz mahsulotlarini toʻsiqlarsiz olib kirish imkoniyatiga ega boʻladi”, - dedi ekspert konferentsiya davomidagi suhbatlarining birida.

Migrantlar masalasi ham bu yoʻnalishda oʻta muhimligini rossiyalik olim taʼkidlab oʻtdi. YEOIIga aʼzolik Oʻzbekiston fuqarolarining ushbu ittifoqda mehnat qilishlarida mavjud barcha imtiyoz va preferentsiyalarga ega boʻlishiga asos yaratadi, deya qayd etdi Pritchin.

Ekspert: chlenstvo v YEAES – element pazla, kotorogo ne xvatayet Uzbekistanu
Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (51)

Asosiy mavzular