Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoning ikki qanoti - Alimov

© Sputnik / Yuriy KorsunovRashid Alimov
Rashid Alimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh savdo aylanmasi Rossiya yoki Xitoynikidan ko‘ra 10 baravar kam - ekspert.

TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Rossiya va Xitoy – bu Markaziy Osiyoning kelajakka parvoz qilishi uchun ikki qanoti bo‘lishi mumkin, dedi ShHT sobiq bosh kotibi, Tojkiston sobiq tashqi ishlar vaziri Rashid Alimov. Sputnik muxbiri xabariga asosan.    

“Markaziy Osiyo davlatlariga yangi o‘yin kerak emas. Ularga yangi rivojlanish va hamkorlik kerak. Ko‘p yillik tajribaga asosan shuni aytish mumkin-ki, Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyo davlatlarining eng ishonchli hamkorlaridir. Ushbu davlatlar Markaziy Osiyo kelajakka parvoz qilishi uchun ikki ishonchli qanot bo‘lishi mumkin”, - deydi Rashid Alimov.

Hududning rivojlanishi faqat ushbu hudud ichida va faqat an’anaviy hamkorlik ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda Markaziy Osiyoning 5 davlati savdo aylanmasida Rossiya va Xitoyning ulushi o‘rtacha hisobda 19-21% ni tashkil qiladi. Ya’ni ularning hech birini hududda “so‘zsiz ustuvorlik qilmoqda” deyish mumkin emas.

Shu bilan birga, yana bir ijobiy tendensiyani qayd etish mumkin. Markaziy Osiyo va Xitoy savdo aylanmasida Xitoyga eksport hajmi ham o‘sib bormoqda. Bir necha yil oldin, aksariyat savdo faqat bir tomonlama Xitoydan import qilish bilan cheklanar edi.

Shu o‘rinda qayd etish joizki, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh savdo aylanmasi Rossiya yoki Xitoynikidan ko‘ra 10 baravar kam.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda 11ta davlatdan (Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya) 60dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0