09:29 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
33310

Oliy Majlis deputati Eldor Tulyakov “Valday” klubining Osiyo anjumani Oʻzbekiston uchun qanday mohiyatga ega ekanligi haqida soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Eldor Tulyakov hozirda respublikaning iqtisodiyoti rivojlanishi nafaqat mamlakat ichida, balki chet elda ham rivojlanayotgani haqida Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga soʻzlab berdi.

Hozirgi kunda Oʻzbekiston uchun asosiy tamoyillar ochiqlik va shaffoflik boʻlganligi sababli, dunyoning koʻplab mamlakatlarida qiziqish uygʻotmoqda. Uzoq vaqt davomida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan Rossiya Federatsiyasi bundan mustasno emas.

“Mamlakatlarimizni koʻp narsa bogʻlaydi, shu jumladan umumiy oʻtmishimiz ham”, - deydi Tulyakov.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda bu tadbir – muhim voqea, chunki Rossiya va Oʻzbekiston ekspertlari ilk bor bunday formatda yigʻilishdi. Eng asosiysi, ikkala davlat bunday tashabbusni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Ekspert taʼkidlashicha, har ikki tomonning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda hamkorlikning hozirgi holati va kelgusidagi istiqbollari hisobga olgan holda koʻplab takliflar ishlab chiqiladi.

Ayni paytda Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarish, madaniyat va taʼlimni rivojlantirish uchun ilgʻor texnologiyalar muhim.

“Fizika va matematika sohasidagi Rossiya taʼlimining darajasi dunyoda qanchalik qadrlanishini barchamiz bilamiz. Shuning uchun hozirda Oʻzbekistonda Rossiyaning koʻplab universitetlarining filiallari ochilgan. Rossiya - Oʻzbekistonda ochilgan xorijiy oʻquv muassasalari soni boʻyicha yetakchi hisoblanadi”, - deb taʼkidladi deputat.

Tadbirda respublikaning turli xalqaro hamjamiyatlarga qoʻshilishi haqida fikr almashildi.

Oʻz navbatida Oʻzbekiston YAIMda sanoat ulushining koʻpaytirilishiga manfaatdor.  

Hozir mamlakatda mashinasozlik, togʻ-kon metallurgiya sanoati rivojlanmoqda, zavob va fabrikalar modernizatsiya qilinmoqda. Rossiya Federatsiyasi modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishda koʻmak berishi mumkin.

Tulyakov mamlakat va mintaqa xavfsizligini esdan chiqarish kerak emasligini aytdi.

“Har safar Oʻzbekiston mamlakat xavfsizligi haqida gapirganda, biz qoʻshni davlatlar, shu jumladan Afgʻonistondagi tinchlik masalalariga toʻxtalamiz”, - deb aniqlik kiritdi dupetat.

Shuningdek, axborot xavfsizlik muhim. Zamonaviy dunyoning yangi tahdidlariga birgalikda javob berish kerak.

Oʻzbekiston uchun taraqqiyotning barcha sohalarida strategik rejalashtirish juda muhimdir. Mamlakat qonunchilik islohotlarini yoki amaliyotini takomillashtirishdan oldin turli sohalardagi eng yaxshi xalqaro tajribani oʻrganmoqda.

“Valday” klubi doirasidagi muhokama esa, oʻylaymanki, uzoq muddatli rejalashtirishning asosini tashkil etadigan takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilishi kerak, ayniqsa Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlarida”, - deb xulosa qildi Eldor Tulyakov.

Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular