08:52 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Siyosat
Havola olish
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)
333 0 0

Germaniya-Rossiya forumi ilmiy rahbari Aleksandr Rar taʼkidlashicha, Oʻzbekistonni juda uzoq vaqt dunyo hamjamiyatida kutishdi, davlat ochilganida esa, bu respublikaga nisbatan qiziqish sezilarli oshdi.

Ekspertning fikricha, mintaqada “katta oʻyin” bilan hech qanday aloqasi yoʻq jarayonlar rivojlanmoqda. “Biz hozir judayam qiziq, lekin juda qaltis paytda yashayapmiz. Bu davr multipolyar dunyoni kelajagini belgilab beradi. Va bu dunyoni 30 yil avvalgini singari Yevropa emas, aynan Osiyo yaratadi,” - izohlaydi Rar.

Uning soʻzlaricha, Yevropada Oʻzbekistonni dunyo va Markaziy osiyo mintaqasi uchun ochilishini juda uzoq kutishdi. Islohotlarni amalga oshirilishi bilan biznes hamjamiyatining respublikaga nisbatan qiziqishi oshdi.

“Resurslarni va inson faktorini hisobga olgan holda Oʻzbekiston mintaqada muxim va koʻzga koʻrinadigan oʻyinchi sifatida namoyon boʻlmoqda, va, oʻylaymanki respublika orqali Rossiya, Xitoy va Hindistonni bogʻlovchi yirik Osiyo bozori shakllanadi”- deya qoʻshib oʻtdi ekspert.

Germaniya-Rossiya forumi ilmiy rahbarining batafsiz izohlarini Sputnik Oʻzbekiston podkastida tinglang.

Rar: imenno s Uzbekistana nachnet formirovatsya bolshoy rыnok Azii
Mavzu:
Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani (21)

Asosiy mavzular