16:19 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Prezident Sirii Bashar Asad

Bashar Asad: Suriya urushi – bu 3-jahon urushining kichik modeli

Press-slujba prezidenta Sirii Bashara Asada / Sputnik
Siyosat
Havola olish
494 0 0

Bashar Asad aytishiga qaraganda, AQSH Suriyaga bostirib kirishda oʻz taktikasini oʻzgartirgan. Ular oʻz qurolli kuchlari oʻrniga boshqa kuchlardan foydalangan.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Suriya urushi bu – uchinchi jahon urushining kichik modeli, deb  hisoblaydi Bashar Asad. AQSH Suriyaga kirib kelishining asl maqsadi - bu neft konlarini bosib olish, deydi Suriya prezidenti. RT xabariga asosan. 

Dunyoda Ikkinchi jahon urushi yakunida oʻrnatilgan tartib Sovet Ittifoqi tugashi bilan oʻz kuchini yoʻqotdi. AQSH oʻzini yakkahokim hisoblab, boshqa davlatlardan istagan narsasini tortib ola boshladi – neft, oltin, pul va siyosiy huquqlarini.  

“Dunyoda Ikkinchi jahon urushi yakunida oʻrnatilgan tartib Sovet Ittifoqi tugashi bilan oʻz kuchini yoʻqotdi. AQSH oʻzini yakkahokim hisoblab, boshqa davlatlardan istagan narsasini tortib ola boshladi – neft, oltin, pul va siyosiy huquqlarini. Lekin bir qutbli dunyo modeli endi ishlamaydi. Dunyoda yangi kuch markazlari paydo boʻlmoqda – Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqalar”, - dedi Suriya prezidenti.

“Shuni unutmangki, AQSH butun dunyo bilan urush olib bormoqda. Dunyoga hokimlik qilishda ular hech kimni tan olmaydi. Hatto – Buyuk Britaniya, Frantsiya va boshqa yirik davlatlarni”,  - deydi Suriya prezidenti.

Bugungi kunda AQShning asosiy muammosi – ular oʻz kuchini yoʻqotayotganini his qilishmoqda. Bir necha davlatlar AQSH gegemonligiga “yoʻq” deyishmoqda va Vashington Rossiya, Eron va Suriyaga qarshi kurashishga bel bogʻlagan. AQSH oʻzining yakkahokimligiga qarshi  boʻlgan har qanday davlat, hatto oʻzining Gʻarbdagi ittifoqchilariga ham qarshi kurashishga tayyor, deydi Suriya prezidenti.

Asad aytishiga qaraganda, Iroqqa oʻz qurolli kuchlari bilan kirib kelgan AQSH koʻp yoʻqotishlarga duch kelgan. Shundan soʻng AQSH boshqa mamlakatlarga bostirib kirishda oʻz taktikasini oʻzgartirgan.

“Ular Afgʻonistonga bostirib kirishdi – hech narsaga erisha olishmadi, Iroqqa bostirib kirishdi – natija boʻlmadi. Keyin ular boshqa mamlakatlarga bostirib kira boshlashdi, lekin boshqacha taktika bilan”, - deydi Asad.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Bashar Asad AQSH prezidenti Donald Trampni – soʻnggi vaqtdagi prezidentlar orasida eng yaxshisi degan edi. Bunga sabab Donald Trampning ochiq siyosat olib borishi, asl maqsadini yashirmasligi degan edi Suriya prezidenti.   

“Haqiqiat shundaki, AQSH prezidentlari bu – oʻz lobbilari manfaati yoʻliga xizmat qiluvchi bir guruh jinoyatchilar. Ular orasida neft kompaniyalari va qurol ishlab chiqaruvchilar lobbilari bor. Shunday ekan, bizga ochiq raqibdan boshqa kim kerak ?”, - degan edi Bashar Asad.

Asosiy mavzular