05:44 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Siyosat
Havola olish
284 0 0

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov keyingi yil hujjat imzolanishi mumkinligini istisno qilmadi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Oʻzbekiston imkon qadar tezroq JTSga kirish haqida muzokaralarni yakunlamoqchi, biroq tashkilotga qoʻshilish aniq muddatlari aytilmagan. Bu haqda TIV rahbari Abdulaziz Kamilov matbuot anjumanida aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Biz aniq muddatlarni belgilamayapmiz. Ammo Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolash, shuningdek JSTga kirish haqida muzokaralar jarayonini imkon qadar tezroq yakunlash istagi mavjud”, - dedi Kamilov.

Vazir YEI bilan kelishuv keyin yil imzolanishi mumkinligini istisno qilmadi.

Eslatib oʻtamiz, dushanba kuni Bryusselda YEI-Oʻzbekiston hamkorlik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tashrif dasturida Yevropa komissiyalari, parlamenti va boshqa YEI organlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va muzokaralar kiritilgan.

Asosiy mavzular