O‘zbekiston JSTga kirish va Orolbo‘yi loyihasi uchun Yevropa Ittifoqidan pul oladi

© MID UzbekistanaYevropeyskiy soyuz videlil Uzbekistanu dva granta obshim razmerom bolee 10 mln yevro.
Yevropeyskiy soyuz videlil Uzbekistanu dva granta obshim razmerom bolee 10 mln yevro. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonning JSTga kirish va Orolbo‘yi loyihasini amalga oshirish uchun umumiy miqdori 10 million yevrodan ziyod mablag‘ ajratdi.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun umumiy miqdori 10 million yevrodan ziyod bo‘lgan ikkita grant ajratdi.

TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Yevropa komissiyasining Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Bosh direktori Koyen Doyens mamlakatdagi ikkita loyihani moliyalashtirish to‘g‘risida bitimlarni imzoladilar:

  • “O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi" loyihasiga 5 million yevro;
  • “Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondiga Yevropa Ittifoqining taraqqiyot hissasi" loyihasiga 5,2 million yevro.

JSTga kirish loyihasi doirasida O‘zbekistonga tashkilotga a’zo bo‘lish jarayonida, shu jumladan, zarur hujjatlarni tayyorlash, o‘zbekistonlik mutaxassislarning JST kelishuvlari va xalqaro savdo tizimiga oid bilimlarini oshirishda ko‘mak beriladi.

Kuni kecha Abdulaziz Kamilov O‘zbekiston iloji boricha tezroq JTSga kirish to‘g‘risidagi muzokaralarni yakunlamoqchi ekanini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0