Senatning 24-yalpi majlisida qaysi masalalar ko‘rib chiqilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz
17-oe plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisini 30-noyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Oliy Majlis Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi 30-noyabr kuni chaqiriladi.

Ma’lum qilinishicha, yalpi majlisda dastavval mamlakat tarixida ilk bor  qabul qilingan “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinadi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi, “Volontorlik faoliyati to‘g‘risida”gi, “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Norboyeva O‘zbekistondagi odam savdosi bo‘yicha ma’lumotlarni ma’lum qildi

Yalpi majlis kun tartibi doirasida “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitiladi.

Bundan tashqari, senatorlar tadbirkorlik subyektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi, bola huquqlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga qaratilgan qonunlarni ko‘rib chiqadi.  

Shuningdek, Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar Vazirlar Mahkamasiga davlat bojxona xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, arzon uy-joy qurilishi, gaz, elektr ta’minoti bilan bog‘liq parlament so‘rovlari yuborish masalalarini ham muhokama qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0