14:53 26 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
17410

Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatorining Namanganga tashrifi davomida hamkorlik toʻgʻrisida qator kelishuvlar imzolandi.

TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Namangan viloyati hokimligi va Sverdlovsk viloyati hukumati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlik kelishuvi imzolandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.

Imzolangan kelishuvga asosan ikki viloyat oʻrtasida sanoat, savdo, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va sanʼat, turizm, sport va yoshlar siyosati sohalarida keng koʻlamli hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida Namangan viloyati hokimligi bilan “SiAyTi Terminal” AJ oʻrtasida “Oʻzbekiston” yoʻl xaritasini amalga oshirish boʻyicha memorandum;

Namangan viloyati hokimligi bilan “Tsentr semeynoy meditsinы” AJ oʻrtasida Namangan viloyati aholisiga tibbiy xizmat koʻrsatish masalalari yuzasidan memorandum;

Namangan viloyati hokimligi bilan “Gruppa SverdlovElektro” YOAJ oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi;

Namangan viloyati qurilishi bosh boshqarmasi bilan Sverdlovsk viloyati Qurilish industriyasi korxonalari uyushmasi oʻrtasida Oʻzaro hamkorlik kelishuvi ham imzolandi.

Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Namanganga kelgan. Delegatsiya Namanganda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda milliy hunarmandchilik koʻrgazmasi bilan tanishda davom etmoqda.

Asosiy mavzular