Jirinovskiy Rossiya qanday holatda Ukrainani yo‘q qilishi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRukovoditel fraksii politicheskoy partii "Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii" Vladimir Jirinovskiy
Rukovoditel fraksii politicheskoy partii Liberalno-demokraticheskaya partiya Rossii Vladimir Jirinovskiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda demokratlar Trampga qarshi impichment jarayonini boshladilar. Demokratlar gumoniga ko‘ra, Tramp Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yib, evaziga o‘zining siyosiy opponenti Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga qarshi surishtiruv o‘tkazishda yordam berishni talab qilgan.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya Ukrainani undan bo‘layotgan hujumning oldini olish chorasi sifatida uni yo‘q qilishi mumkinligi haqida aytdi va Ukrainani "urush olovini yoquvchi agressor", deb atadi.

Tramp xochet vernut Rossiyu v sostav Bolshoy vosmerki - video - Sputnik O‘zbekiston
Oq uy Tramp va Zelenskiy muloqotini e’lon qildi

Siyosatchi bu gaplarni Donald Trampning Ukrainaga joriy munosabatiga izoh berayotib, aytgan, deb xabar qiladi RIA Novosti.

"Trampni Ukraina bo‘yicha ayblovlar jahllantirmoqda. Bugungi Kiyev – bu 1933-yildagi Berlin, xuddi shunday urush olovini yoquvchi agressor. Kiyev aqldan ozgan va Amerikani zararlantirmoqda. Lekin AQSh – yadroviy derjava, shu bois Rossiya bunday siyosatga chidashi mumkin emas. Agar Ukraina to‘xtamasa, uni biz preventiv ravishda yo‘q qilishimizga to‘g‘ri keladi", deb yozgan Jirinovskiy Twitterda.

AQShda demokratlar Trampga qarshi impichment jarayonini boshladilar. Demokratlar gumoniga ko‘ra, Tramp Ukrainaga harbiy yordamni to‘xtatib, evaziga o‘zining siyosiy opponenti Jo Bayden va uning o‘g‘li Xanterga qarshi surishtiruv o‘tkazishda yordam berishni talab qilgan. Ushbu ish bo‘yicha surishtiruv ishlari Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi suhbatni tinglagan SRU xodimining anonim arzlaridan so‘ng boshlab yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0