KXTSh yangi bosh kotibi tasdiqlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoGossekretar Soveta bezopasnosti Stanislav Zas
Gossekretar Soveta bezopasnosti Stanislav Zas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlarning Bishkek shahridagi uchrashuvida tashkilotning yangi bosh kotibi tasdiqlandi.

TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Belarus Xavfsizlik kengashi rahbari Stanislav Zas KXShTning yangi bosh kotibi bo‘ladi. Bu haqda KXShTning bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Valeriy Semerikov jurnalistlarga ma’um qildi.

“Bugun prezidentlar Stanislav Zasni tabriklashdi. U 2020-yil 1-yanvardan bosh kotib bo‘ladi”, - deya Semerikov so‘zlaridan keltiradi Sputnik Qirg‘iziston.

Belarus vakili tashkilotga keyingi 3-yil mobaynida rahbarlik qiladi.

Bugun Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov raisligida KXShTning sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0