16:11 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Siyosat
Havola olish
36501

Tojikiston yetakchisi Markaziy Osiyo rahbarlari ikkinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi. Xalqaro aeroportda martabali mehmonni Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi

TOSHKENT, 28 noya — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Toshkentda oʻtkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkekdan Toshkentga uchib keldi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot-xizmati xabar qilmoqda.

Rahmon boshchiligidagi delegatsiyadan respublika bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri, xalqaro munosabatlar boʻyicha davlat rahbari oʻrinbosari va boshqa rasmiy shaxslar oʻrin olgan.

Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda Tojikiston rahbarini Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Sammitda mintaqaning siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sal oldin Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Oʻzbekistonga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular