MDH poytaxtlari IIO rahbarlari o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olishdi

© MVD UzbekistanaPravooxraniteli stolis SNG obsudili sotrudnichestvo
Pravooxraniteli stolis SNG obsudili sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Toshkent shahar IIBB hamda MDH davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Toshkent shahrida MDHga a’zo davlatlar poytaxt ichki ishlar organlari/politsiyasi rahbarlarining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV xabar qildi.

Flagi stran-uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda MDH poytaxtlari IIO rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Yig‘ilishda Toshkent shahar IIBB hamda MDH davlatlari poytaxt ichki ishlar organlari hamda politsiyasi bo‘linmalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha tajriba almashish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi va terrorchilik faoliyatiga qarshi kurashish, sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, ishtirokchilar terroristik va ekstremistik tusdagi jinoyatlarning sodir etilishiga aloqador shaxs va tashkilotlarning faoliyatini aniqlash va bartaraf etishga oid umumiy kelishilgan profilaktik, tezkor-qidiruv va maxsus tadbirlarni o‘tkazishga kelishishgan.

Bundan tashqari, mamlakatlarning poytaxt ichki ishlar organlari/politsiya o‘rtasida sud va tergovdan qochib yurgan, bedarak yo‘qolgan, shaxsi aniqlanmagan jasadlar, odam savdosi hamda o‘qotar qurollar, avtomashina va giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan shug‘ullanayotgan shaxslar bo‘yicha doimiy ravishda ma’lumot almashish masalalari bo‘yicha bir bitimga kelishishgan.

MVD Uzbekistana i Indii dogovorilis sovmestno borotsya s terrorizmom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Hindiston IIV birgalikda terrorizmga qarshi kurashishga kelishib oldi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov MDH doirasida qabul qilinayotgan tashabbuslarning deyarli barchasi aynan poytaxt bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt ichki ishlar organlari va politsiya xodimlarining sa’y-harakatlari bilan har yili og‘ir, o‘ta og‘ir va shov-shuvlarga sabab bo‘luvchi jinoyatlarning ko‘p qismi fosh etilib, bartaraf etilmoqda.

Ishtirokchilar yig‘ilishga doimiy amalda bo‘lgan kengash maqomini berish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi. Toshkent shahar IIBB va Tojikiston IIV Dushanbe shahri bo‘yicha boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Xabarda mehmonlar Toshkent shahar IIBB hovlisida MDHga a’zo davlatlar poytaxtlarining huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlik va do‘stona aloqalarning mustahkamlanishi ramzi sifatida daraxtlar ekishgani qo‘shimcha qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda MDH poytaxtlari IIO rahbarlarining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0