16:35 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
I. o. direktora Instituta razvitiya demokratii, parlamentarizma i soblyudeniya izbiratelnыx prav grajdan Yekaterina Goloulina.

Oʻzbekiston MSK va barcha partiyalar ochiq muloqotga tayyor - Goloulina

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)
12710

22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va tuman mahalliy kengash xalq deputatlari saylovlari oʻtkaziladi. MDHning parlamentlararo Assambleyasi xalqaro kuzatuvchilari MSK rahbarlari bilan uchrashishdi.

TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. MDH PA ishtirokchi-davlatlarining demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori vazifasini bajaruvchi Yekaterina Goloulina boshchilik qilmoqda.

22 dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va tuman mahalliy kengash xalq deputatlari saylovlari oʻtkaziladi. YEHXT va BMT xalqaro kuzatuvchilar oʻz ish faoliyatini boshladi.

Rossiya delegatsiya vakili Yekaterina Goloulina saylov kampaniyasi taassurotlari va kelgusi rejalarini aytdi.

“Birinchi navbatda MSK va hududiy komissiyalarni yordam va oshkoralik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Shuningdek, hamma siyosiy partiyalar barcha masalalar boʻyicha chuqur ochiqcha norasmiy muloqotga tayyor. Biz UzLiDep vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdik, keyin boshqa toʻrtta partiya vakillar bilan muzokara oʻtkazish rejalashtirilgan, ishonchim komilki, bunday yondoshuv shaffoflik va adolatli saylovlar oʻtishiga mustahkam poydevor boʻladi”, - deb taʼkidladi Goloulina.

Goloulina  respublikada olib borilayotgan tayyorgarlik ishlariga yuqori baho berib, MDH va Oʻzbekistonda yoshlarga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.

"Hozir yangi avlod kelmoqda va dunyoqarash oʻzgarmoqda. Shu bois yoshlarimizni siyosiy hayotga faol jalb qilish zarur, buni oʻtkazib yubormasligimiz juda muhimdir. Biz bu masalalarni, xususan, MDH Parlamentlararo assambleyamizning yigʻilishlarida koʻrib chiqmoqdamiz", - deya qoʻshimcha qildi u.

Goloulina Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi rahbari Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomovning Toshkentda demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish xalqaro institutining filialini ochish tashabbusini ijobiy qabul qildi.

"Oʻylaymanki, saylovlarni oʻtkazish boʻyicha ushbu murakkab ish tugagandan soʻng, biz aniq bu masalaga qaytamiz va uni puxta ish olib boramiz", - deya yakun yasadi Goloulina.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)

Asosiy mavzular