16:45 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mejdunarodnыe nablyudateli Mejparlamentskoy assamblei SNG pribыvshiye v Uzbekistan dlya nablyudeniya i monitoringa vыborov v Zakonodatelnuyu palatu Oliy Majlisa 2 dekabrya 2019 goda proveli vstrechu s rukovodstvom TSIK

MSK raisi Oʻzbekistonda muxolifatchi partiyalar paydo boʻlishini istisno qilmadi

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)
264 0 0

Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov MDH PA kuzatuvchilari delegatsiyasi bilan uchrashuvda yangi qonunchilik haqida soʻzlab berdi va nima sababdan ayrim nizomlar oʻrgartirilgani yoki keyinga qoldirilganini tushuntirdi.

Oldinda turgan parlament saylovlari yangi Saylov kodeksi boʻyicha boʻlib oʻtadi. MSK raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov MDHning Parlamentlararo Assambleyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvda ushbu hujjatga kiritilgan asosiy oʻzgartirishlar haqida soʻzlab berdi.

“Biz ikki yildan ziyod vaqt ushbu qonunni tayyorladik, eng ilgʻorlarini olish uchun qariyb 30 ga yaqin mamlakatlarni kezdik. Bizda ochiq savollar qoldi, albatta, shuning uchun hujjat yangi holatlarni inobatga olgan holda oʻzgartirilishi mumkin. Misol uchun, biz hozircha proportsional tizimga oʻtishga tayyor emasmiz hamda vaqtinchalik tashabbuskor guruhlar va oʻzini oʻzi boshqarish organ vakillari saylovlarida ishtirok etishidan voz kechdik. Barchasini sisyosiy partiyalarga topshirdik”, - deya qayd etdi MSK raisi.

Abdusalomov bu cheklovlar birinchi navbatda siyosiy partiyalarni mamlakatda mustahkamlash istagiga bogʻliqligini tushuntirdi, chunki respublikaning partiya tizimi Gʻarbiy Yevropa muqobillaridan yiroq.

“Partiyalarimiz yetarlicha kuchli emas. Aynan shuning uchun biz ularni vaqtincha boshqa siyosiy tuzulmalar raqobatidan ozod qilishga qaror qildik. Umid qilamanki, kelajakda bizda haqiqiy kuchli raqobatchi partiyalar, ehtimol, muxolifatchi yoki umuman yangi partiyalar paydo boʻladi. Har holda ularning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni muhayyo qildik”, - deya qoʻshimcha qildi MSK rahbari.

Abdusalomov demokratiyani rivojlantirish, parlamentarizm va fuqarolarning saylov huquqlariga rioya etishini monitoring qilish xalqaro instituti direktori vazifasini bajaruvchisi Yekaterina Goloulinaga murojaat qilib, Oʻzbekiston saylov yakunlariga koʻra saylov qonunchiligining asosli bahosini kutishini va keyinchalik uni takomillashtirish ustida xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda ish olib borishga tayyorligini taʼkidladi.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (30)
Teglar:
MSK, saylovlar, partiya

Asosiy mavzular