16:28 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Putin bayonoti: NATOning kengayishi Rossiya uchun tahdiddir

© Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
69210

NATOning kengayishi, Rossiya chegaralarida uning harbiy infratuzilmasi rivoji singari - bu bizning mamlakatimiz uchun asosiy tahdidlardan biridir", - dedi Rossiya yetakchisi.

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATOning RF chegaralariga yaqinlashib kelishi mamlakat xavfsizligi uchun tahdid ekanligi haqida bayonot qildi.

"Ishni boshlashdan avval, eʼtiborlaringizni shu narsaga qaratmoqchi edimki, aynan shu kunlarda, 3-4 dekabr kunlari NATO tashkil topganining 70 yilligiga bagʻishlangan alyans yigʻilishi oʻtkazilmoqda", - dedi Putin RF HDFni rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan yigʻilishda.

Prezident alyans SSSRga qarshi kurashish uchun tashkil etilganligi haqida yodga soldi. "Hozir Sovet Ittifoqi ham, Varshava bitimi ham, yaʼni NATO tashkil etilganiga qarshi javoban tuzilgan harbiy pakt mavjud emas. Ammo NATO nafaqat mavjud, balki rivojlanmoqda. U tashkil topgan vaqtda alyansga 12ta davlat kirgan boʻlsa, hozirda ular soni 29taga yetgan, alyans mamlakatlari birgalikdagi harbiy harajatlari esa - umumdunyoviy harbiy harajatlar hajmining 70%dan ortigʻini tashkil qiladi", - dedi u.

Putinning taʼkidlashicha, oʻtmishdagi bloklarga doir stereotip tarzida fikrlash samarali qarorlarni izlash va qabul qilish uchun yaxshi intrument boʻla olmaydi. "Bugun biz shundan kelib chiqishimiz shartki, NATOning kengayishi, Rossiya chegaralarida uning harbiy infratuzilmasi rivoji singari - bu bizning mamlakatimiz uchun asosiy tahdidlardan biridir", - dedi Rossiya yetakchisi.

Asosiy mavzular