17:28 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
527 0 0

Dmitriy Medvedev Ukraina sud qarorlari boʻyicha toʻlovlarni talab qilishni toʻxtatmagunicha, Moskva va Kiyev gaz borasida kelisha olmasligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev Ukraina sud qarorlari boʻyicha toʻlovlarni talab qilishni toʻxtatmagunicha, Moskva va Kiyev gaz borasida kelisha olmasligini maʼlum qildi. U bu xaqda “Vesti v subbotu” koʻrsatuviga bergan intervyusida toʻxtalib oʻtdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Bunda hech narsa roʻy bermasligi aniq. Bilasizmi, “siz yana har xil sud qarorlari boʻyicha ham pul toʻlashingiz kerak” deb turgan taraf bilan gaz boʻyicha muzokaralarni oʻtkazib boʻlmaydi.  Shuning uchun, ular buni xohlashadimi yoki yoʻq, aniqki, bu holatda qandaydir bir toʻxtamga yoki nol variantga  kelishish kerak”, -  dedi Medvedev va qaror oʻzaro foydali boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Ukraina oʻzida tatbiq etayotgan Yevropa qonunchiligi asosida ishlashiga tayyor.

"Ularga aytildi: marhamat, bu bizga juda mos keladi, faqat uni oʻzingizda tatbiq qilishni tezlashtiringlar, chunki uning talablari ancha qattiq ", - deya qoʻshimcha qildi Medvedev.

Shuningdek, u Moskva va Kiyev gaz bitimining barcha bandlarini kelishib olishlari kerakligi va shundagina hamkorlikni tiklashni, shu jumladan, Rossiya gazini Ukrainaga yetkazib berishni tiklash mumkinligini taʼkidladi.

Bosh vazirning eslatishicha, hozirda Kiyev gazni Yevropadan revers orqali olyapti, Rossiyadan olishi mumkin boʻlgan narxdan ancha qimmatroq narxda.

"Biz bu haqda ukrainalik hamkasblarga turli formatlarda aytganmiz. Bu narx pastroq boʻlishi mumkin ", dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, buning uchun faqatgina kelishib olish kifoya.

"Qanday qilib kelishib olish mumkin? Ilf va Petrov asaridagi mashhur montyor aytganiday, kelishuv – bu tomonlarning qarshiligi yoʻqligining mahsuli. Biron narsaga majburlash mumkin emas. Kelgusi yildan tranzit tarifingiz 5 barobarga oshdi deyish mumkin emas", - deya tushuntiradi Medvedev.

Shuningdek, u Ukraina hududi orqali gaz tranzitidan voz kechish mumkin emasligining sabablarini ham keltirib oʻtdi

"Shunday boʻlsa-da, biz yevropalik isteʼmolchilar haqida, va xususan, ukrainalik hamkasblarimiz haqida ham oʻylashimiz kerak, muammo Kiyevda hokimiyat tepasida aynan kim oʻtirganida emas, aksincha xalqaro majburiyatlarni qoʻllanilishida”,- taʼkidlagancha dedi xukumat raxbari.

"Biz ushbu majburiyatlarni davlatning boʻlajak davlat rahbarlari tomonidan amal qilinishi kerakligidan kelib chiqamiz", - deya xulosa qildi u.

Gaz kontrakti boʻyicha vaziyat

Rossiya gazini tranziti boʻyicha amaldagi shartnoma shu yil oxirida tugaydi.

Moskva faqatgina xalqaro arbitrajda daʼvolarni oʻzaro rad etish va sud muhokamasini toʻxtatish shartlari bajarilgandagina yangi  shartnoma imzolanishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Kiyevda bu shartlarni nomaqbul deb hisoblashadi. “Naftogaz” “Gazprom”ga qarshi daʼvolarini 22 milliard dollarga baholamoqda.

Yangi bitimning tuzilishi Yevropa komissiyasi ishtirokidagi maslahatlashuvlarda muhokama qilinmoqda. Yangi uch tomonlama uchrashuvning sanasi hozircha nomaʼlum, hozirda Moskva va Kiyev ikki tomonlama muzokaralar olib bormoqda.

Kuni kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Ukraina har ikki tomon uchun maqbul yechim topa olishiga umid bildirgan edi.

Teglar:
Medvedev, gaz, Ukraina, Rossiya

Asosiy mavzular