10:36 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
643 0 0

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko boʻlajak “normand toʻrtligi” sammitidan xavotirda. U amaldagi prezidentga qator maslahat berdi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko boʻlajak “normand toʻrtligi” sammitidan xavotirda va amaldagi davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bermoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti.

“Eng muhim maslahat: Putinga ishonmaslik... Putin bilan yuzma-yuz uchrashmaslikni maslahat bergan boʻlardim”, - degan Poroshenko.

Qolaversa, u Zelenskiyga uchrashuv kun tartibiga Rossiyaning Ukraina uchun foyda keltirmadigan kelishuvlar toʻplamini shakllantirishiga imkon bermaslik uchun gaz masalasini kiritmaslikni maslahat bergan.

“Normand toʻrtligi” koʻrinishidagi Ukraina boʻyicha muzokaralar 2014 yil iyun oyidan buyon mavjud. Unda Rossiya, Germaniya, Ukraina va Frantsiya yetakchilari Donbassdagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilishadi. Navbatdagi sammit 9 dekabr kuni Parijda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzu boʻyicha

Zelenskiy Putin bilan muhokama qilmoqchi boʻlgan masalalarni aytdi
Kreml “normand sammiti” sanasini tasdiqladi: Putin va Zelenskiy ilk bor yuzma-yuz uchrashadi
Teglar:
normand toʻrtligi, Vladimir Zelenskiy, Putin, Poroshenko

Asosiy mavzular