11:30 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
190 0 0

Navbatdagi parlament saylovlari Oʻzbekistonda 22 dekabr kuni boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan Qozogʻistonning Aqtobe shahrida oʻzbekistonliklar uchun muddatidan avval ovoz berish tashkillashtirilmoqda.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Qozogʻistonning Aqtobe shahrida oʻzbekistonliklar uchun muddatidan avval ovoz berish tashkillashtiriladi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

4-5-dekabr kunlari Oʻzbekistonning Aqtau shahridagi bosh konsuli Nodir Turgunov Aqtobe viloyatida boʻldi.

Tashrif doirasida qator uchrashuvlar, jumladan, viloyat hokimi oʻrinbosari Kayrat Bekenov, viloyat politsiya departamenti va saylov komissiyasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Tomonlar muddatidan oldin ovoz berishni 14-15-dekabr kunlari soat 10.00dan 13.00gacha Aqtobe shahri, Sanqiboy botir koʻchasi 20-A uy mazilida oʻtkazishga kelishishdi.

Oʻzbekistonda Parlament saylovlari 2019 yilning 22 dekabrida boʻlib oʻtadi. Parlamentdagi 150ta oʻringa mamlakatda faoliyat yurituvchi beshta partiyalar tomonidan ilgari surilgan 750 nomzod daʼvogarlik qilmoqda. 18 noyabrdan saylovoldi tashviqotlariga start berilgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Mavzu boʻyicha

Oʻzbekistonda saylovchilar vaqtincha yashash joyida ovoz berish imkoniyatiga ega boʻladi
MSK raisi Oʻzbekistonda muxolifatchi partiyalar paydo boʻlishini istisno qilmadi
Abdusalomov MSK tanqidlar uchun ochiqligini eʼtirof etdi
Teglar:
Qozogʻiston, saylovlar

Asosiy mavzular