11:49 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Siyosat
Havola olish
13120

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan siyosatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratilmoqda.

TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan siyosatshunoslik sohasidagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratilmoqda. Bu haqda 10 dekabr kuni  Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi anjumanlar zalidda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Bundan tashqari Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish maqsadida joriy oʻquv yilidan boshlab 21 ta xorijiy mamlakatning 103 ta oliy taʼlim muassasasi bilan hamkorlikda 141 ta qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilganligi aytildi.

Mazkur dasturlar doirasida hozirgi kunda 6230 nafar talaba tahsil olmoqda. Qoʻshma taʼlim dasturlarining 79 tasi hududiy oliy taʼlim muassasalarida, 62 tasi esa poytaxt OTMlarida yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yil oxirigacha esa “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali 320 nafarga yaqin, oliy taʼlim muassasalariaro loyihalar doirasida 850 nafardan ortiq professor-oʻqituvchining xorijda malaka oshirishi va stajirovkasi taʼminlanadi. 

Oliy taʼlim muassasalarida ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida, respublika boʻyicha ilmiy salohiyat koʻrsatkichi 36,8 foizga yetganligi maʼlum qilindi. Bu koʻrsatkich 2016 yilda – 31,6% ni tashkil etgan.

 

Asosiy mavzular