Ikkinchi jahon urushi tarixini buzib ko‘rsatishga urinish holatlari davom etmoqda - Putin

Obuna bo‘lish
"SSSRni sal qolsa natsist Germaniyasi bilan bir qatorda Ikkinchi Jahon Urushini boshlaganlikda ayblashdi. 1931-yilning 1-sentabrida Polshaga, 1941-yilning 22-iyunida Sovet Ittifoqiga kim hujum qilgani go‘yoki ularning esida yo‘q", - dedi Putin.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Ikkinchi jahon urushi tarixini o‘zgartirishga urinish davom etmoqda, bu ishni nafaqat natsistlar hamtovoqlari, balki hurmatli xalqaro institutlar ham amalga oshirmoqda, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin. U shuningdek, Ulug‘ Vatan Urushi haqida beandisha uydirmaga e’tiroz bildirmoqchi bo‘lganlar, axborot urushida ayblanayotganini, ammo Rossiya haqiqatni tan olishlari uchun harakatlarini davom ettirishini ma’lum qildi.

Plenarnoe zasedanie Gosdumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshani aybdor deb topishni taklif qildi

"Tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatishga bo‘lgan urinishlar to‘xtamayapti. Ularga nafaqat natsislar sheriklari merosxo‘rlari qo‘shilmoqda, balki endi bu ish bilan juda hurmatli xalqaro institutlar va yevropa tuzilmalari ham shug‘ullanmoqda", - dedi Putin "Pobeda" tashkiliy qo‘mitasi yig‘ilishida.

U shuningdek, Yevropa parlamentining yaqinda qabul qilingan rezolyutsiyasi "natsist tajovuzkorlar va Sovet Ittifoqini bitta doskaga qo‘yganini" eslatib o‘tdi.

"SSSRni sal qolsa natsist Germaniyasi bilan bir qatorda Ikkinchi Jahon Urushini boshlaganlikda ayblashdi. 1931-yilning 1-sentabrida Polshaga, 1941-yilning 22-iyunida Sovet Ittifoqiga kim hujum qilgani go‘yoki ularning esida yo‘q", - dedi Putin.

"Kimda kim bu singari beandisha, haqiqatga mutlaqo mos bo‘lmagan yolg‘onga qarshi kurashmoqchi bo‘lsa, u holda bundaylarni oldindan demokratik Yevropaga qarshi axborot urushini olib borayotganlikda ayblashmoqda. Bu iqtibos. Bizning yolg‘onga javobimiz - bu haqiqat. Biz voqealar haqida, Ulug‘ Vatan Urushi faktlari haqida gapirishda davom etamiz, arxiv ma’lumotlarini borligicha namoyon etamiz va ommaga yetkazamiz, aks holda shunday taassurot uyg‘onmoqdaki, ayrim opponentlarimiz go‘yoki yozishni yoki o‘qishni bilmaydi, ularning ko‘zi yo‘qday, go‘yoki ular hech narsadan bexabar. Biz esa shu haqda gapiramiz", - dedi RF prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0