AQSh kosmik kuchlari hujumkor bo‘ladi - Tramp bayonoti

Obuna bo‘lish
Prezident Donald Tramp kosmik kuchlar AQSh himoyasi hamda hujumkorlik imkoniyatlarining juda muhim qismi bo‘lishini aytmoqda.

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. AQSh kosmik qo‘mondonligi nafaqat mudofaa, balki hujumkorlik imkoniyatlari jihatdan ham rivojlanadi, deb bayonot qildi AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni jurnalistlar bilan muloqoti davomida.

Voyenniy ekspert Aleksandr Jilin. Foto so stranisi Twitter polzovatelya @azhilin1 - Sputnik O‘zbekiston
AQShning kosmosdagi tajribalari yadroviy quroldan ham qo‘rqinchliroq - Jilin

"Kosmik kuchlar bizning himoyamizning juda muhim tarkibiy qismi bo‘ladi, va, to‘g‘risini aytganda, hujumkorlik imkoniyatlarimizning ham muhim qismi bo‘ladi. Bu davlatimiz uchun juda muhimdir", - degan Tramp Paragvay prezidenti Mario Abdo Benites bilan Oq Uyda uchrashuvi arafasida.

Eslatib o‘tamiz, Tramp avgust oyida AQSh kosmik qo‘mondonligi ish boshlaganini va kosmosni harbiy harakatlarning keyingi sohasi, deya atagan edi.

Yangiliklar lentasi
0