14:21 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
870 0 0

Turkiya prezidenti Anqara Injirlik va Kyurejik bazalarini AQSH sanktsiyalariga javoban yopishi mumkinligini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 16 dek - Sputnik. Turkiya prezidenti Tayyib Erdogʻan Anqara Injirlik va Kyurejik bazalarini AQSH sanktsiyalariga javoban yopishi mumkinligini maʼlum qildi.

“Har ikkala tomon uchun ham AQSH bizning munosabatlarimizda tuzatib boʻlmaydigan qadamlarni tashlamasligi juda muhimdir. Albatta, Turkiya AQShning har qanday sanktsiyalariga javob qaytaradi. Biz oʻtirib hal qilamiz. Kerak boʻlsa, Injirlikni ham, Kyurejikni ham yopamiz”, - deya Turkiya yetakchisi soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Turkiya janubida joylashgan Adanadagi Injirlik aviabazadan Amerika harbiy-havo kuchlari foydalanib keladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushoʻgʻli agar AQSH Turkiyaga qarshi sanktsiya kiritsa, kun tartibiga Injirlik va Kyurejik bazalariga oid masalalar chiqishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular